Sudxo‘rlik emasmi?
Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, bir tanishim mendan pul so‘radi va pulni qaytargunicha har oy 220 ming so‘mdan pul beraman dedi. Men foizga pul berish harom desam bu pulni foiz sifatida emas balki menga foydang tegayotgani uchun berayapman dedi. Menga kelgan o‘sha 220 ming so‘m harom hisoblanadimi va sudxo‘rlika kiradmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Halol emas, chunki bu erda “pulni qaytargunicha har oy 220 ming so‘mdan pul beraman” degan oldindan kelishuv va foyda keltiruvchi qarz bor. Foyda keltirgan har qanday qarz ribodir Qarz berganda odamlarga yordam berish, ularning hayotini engillashtirish iroda qilinadi. Shariatimiz qarzni foyda keltiruvchi manba qilib olishdan qaytargan. Shuning uchun qarz beruvchi o‘zi bergan qarzning aynan mislini olishgagina haqli bo‘ladi. Agar qarz berishda biror foyda shart qilinsa yoki shart qilinmasa ham, biror foyda qo‘shib berish urfga kirib qolgan bo‘lsa, yoki kimdir qarz olib, uni qaytarayotganda unga foyda qo‘shib berishni odat qilib olgan bo‘lsa, olingan foyda harom hisoblanadi. Masalan, «Falon so‘m qarz bersangiz, uyimdan ijaraga foydalanib turasiz, savdodan tushgan so‘mning har kunligini olib, foydalanib turasiz», «Mol olishga ketadigan kunimiz sizdan valyuta olamiz, foydalanganingiz evaziga valyutani bozor narxidan arzonga berasiz», «Hozir shu mashinangni qarzga berib tursang, yilning falon vaqtida senga yangi mashina olib beraman» va shu kabi shartlar asosida qarz berib, biror qo‘shimcha manfaat olish haromdir. Qadimda musulmonlar o‘ziga qarz bergan kishining devori yoki daraxtining soyasidan foydalanishdan ham saqlanganlar. Vallohu a’lam!
27 Aprel 2022, 18:13 | Savol-javoblar | 177 | Halol va harom