Saudiya sahrosidan chiqqan suv

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, internetda Saudiyadagi Kasim cho‘lida otilib chiqayotkan suvning videosi tarqaldi. Aytishlaricha qiyomat kuniga yaqin Arab saxrolari chamanzorlarga aylanadi degan hadis bor ekan. Bu ma’lumotlar to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، أَنّ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ ، قَالَ : " لَا تَقُومُ السَّاعَةُ حَتَّى يَكْثُرَ الْمَالُ وَيَفِيضَ ، حَتَّى يَخْرُجَ الرَّجُلُ بِزَكَاةِ مَالِهِ ، فَلَا يَجِدُ أَحَدًا يَقْبَلُهَا مِنْهُ ، وَحَتَّى تَعُودَ أَرْضُ الْعَرَبِ مُرُوجًا وَأَنْهَارًا   Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:  
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kishi molining zakotini olib chiqib undan uni qabul qiladigan kishini topa olmaydigan darajada mol ko‘payib, hamma yoqqa tarqalmaguncha va arab erlari o‘tloqzor va anhorlar bor holiga qaytmaguncha qiyomat qoim bo‘lmaydi” deganlar.
Muslim rivoyati.
Hozirda fan arab qumliklari ostida qachonlardir o‘rmonzorlar va daryolar bo‘lganini aniqladi. Yildan-yilga esa qumliklar yana o‘sha holiga qaytmoqda. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 23:35 | Savol-javoblar | 145 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar