Atrofimdagilarga nasihat

Assalomu alaykum! Alhamdulillah 5 vaqt namoz o‘qiyman. Diniy ilm olishda bardavomman. Atrofimdagi hamkasblarim, do‘stlarim ham iymon-e’tiqodli insonlar Allohga shukr. Ammo qarindoshlarim unday emaslar. Shukrkim serurug‘miz. Ular orasida hatto ateist qarindoshim bor ming afsus. To‘g‘rirog‘i tog‘am. Ayol qarindoshlarim orasida chekadigani bor. Ichadiganlari ko‘p. Ammo hammalari meni yaxshi ko‘rishadi. O‘zim institutda o‘qiyman, ular bilan oyda bir ko‘rishib turaman. Shu sababli yangalarim, xolam, ammalarim hammasi ko‘rishganda o‘pib ko‘rishadi. Qiz bola qarindoshlarim qo‘l berib so‘rashadi. Ularda hozirda diniy ilm umuman yo‘q. Buning noto‘g‘ri ekanini qanday tushuntirsam. Ancha vaqtdan buyon bormay ham qo‘ydim. Ammo ota-onam urishib berishdi. Tab tortmay cho‘chqa shashlik eb, aroq ichadigan qarindoshlarimga buni qanday tushuntirsam. Bormasam silai rahim qilmagan, borsam zino qilgan bo‘lib qolyapman. To‘g‘risi charchadim. Ikki o‘t orasida qoldim. Iltimos yo‘l ko‘rsatinglar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz ularga go‘zal muomala qilishda davom eting. Ular xursand bo‘ladigan ba’zi bir sovg‘alarni ham ovoling. Sizni gapingizni yo‘q demaydigan darajaga chiqib keyin nasihat qiling. Albatta buning uchun uzoqroq vaqt ketadi. Qo‘l siltab ketish oson, jerkib so‘kib berish ham oson, ularga tavba qilgan insonlarning hikoyalaridan aytib bering. Aslo ularni past ko‘rmang. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 10:18 | Savol-javoblar | 147 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar