Erimning zulmlari

Assalomu alaykum! Turmush qurganimga uch yil bo‘ldi erim xar doim sandan noroziman do‘zaxisan ikki dunyodayam rozimasman do‘zaxdi eng chuqur joyida kuygin iloyim, kofirsan deydi. Bu gaplani juda ko‘p marta aytadi, manga bo‘lgan g‘azabi juda kuchli xudo ursin sani xudoga soldim san do‘zaxda yonasan janatga kirmesam iloyim jazoyini bersin digan gaplani gapiradi. Qarg‘adim sani ko‘karma xech qachon birin ikki bo‘masin deydi. Bu gaplari mani jonimga tekan, xozir “birga yashamemiz, san bilan yashameman” deb ketib qoganla. Nima qilishka xayronman, nomozlarimda erim bilan yaxshi yashab ketishimizni xar doim so‘reman ajrashish yomon narsa lekin qandey qilib erim bilan murosa qilib yasheman bilmadim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Nohaqdan va o‘rinsiz aytilgan qarg‘ish yoki duoibadlarni ahamiyati yo‘q. Lekin sen bilan yashamayman deganda taloq niyatida aytgan bo‘lsa taloq tushib qolishi xavfi bor. Buni yaqiningizdagi biror ahli ilmdan aniqlashtirib olinglar. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 20:02 | Savol-javoblar | 148 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar