Mustajob Duolar kitobi

Assalomu alaykum! ‹‹Allohumma solli ala’ Muhammadinin nabiyyi va ala’ olihi va sohbihi va sallim. Subbuhun quddusun robbuna va robbul maloikati varruh. Robbig‘fir varham va taj’a vaz amma’ ta’lamu innaka antal a’azzul akrom. Ma’nosi: Ey allohim! Muhammad (s.a.v.) hazratlariga va ul zotning ahli pok baytiga keltirgan salovotimni qabul etgin. Robbim! meni avf etgin marhamat qilgin! Gunohlarimni mag‘firat qilgin chunki Aziz va Karamli zot faqatgina sensan! Bu solovoti sharifni bir marta õqigan inson qolgan salovotlarni 12ming marta o‘qiganchalik ajrga ega bo‘ladi Uni o‘qib darsni boshlagan talabaga Alloh rahmat nazari bilan qaraydi unga Jahannamni harom qiladi. Farz namozidan keyin o‘qigan odam uchun Janobi haq bir farishta yaratadi va u farishta unga to qiyomatgacha istig‘for aytadi. ... Bu salovotni Juma kuni kechalari 40 marta o‘qib yotgan odam Rasululloh sallollohi alayhi vasallamni tushida ko‘rish baxtiga muyassar bo‘ladi. Bir orzu niyatiga erishish uchun xufton namozidan keyin 3 marta Ixlos, 3 marta Oyatal Kursi va 3 marta Fotiha surasini o‘qigandan keyin 41 marta bu salovoti sharifni o‘qisa har qanday istagini olloh taolloh ijobat etadi faqat bu yomon istak bo‘lmasligi lozim...›› bu narsalarga qanchalik ishonish to‘g‘ri bular sahihmi? Bu narsalar Rahmatulloh qori Obidov va Dilfuza Sarvarova muharrirligida chiqarilgan Muqaddas oylar va mustajob duolar nomli kitobda keltirilgan ekan. Movarounnahr nashriyoti Toshkent-2003. Kitob 1-betida Musulmonlar Idorasi deb ham yozilgan. Bu kitobda yana ko‘p shunaqa duolar va amallar keltirilganki ularni o‘qib jannatga kirish shunchalik oson ekan biza nimaga qiynalib 5 vaqt namoz o‘qib yuribmiz deb o‘ylab qoladi kishi. 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Quyidagi linkda berilgan savol-javoblarni o‘qing. https://savollar.islom.uz/s/3343 https://savollar.islom.uz/wparxiv/5716 

25 May 2022, 17:37 | Savol-javoblar | 191 | Kitoblar
|
Boshqa savol-javoblar