Dunyoviy ta’lim
Assalomu alaykum Onam o‘qituvchi bo‘lib ishlaydilar. Shu sababli bir voqea aytib qoldilar. Bir o‘quvchi( qiz) ning otasi qizini maktabga jo‘natmasdan qizimga dunyoviy ta’lim kerak emas diniy ta’limni o‘rgansa etarli deganmish. Musulmon qizning ko‘chada yurishi yaxshi emasmish. O‘zim ham qiz bolaman. Institutga kirish, dunyoviy ta’lim olish niyatim bor. Ln diniy ta’limni ham yodimdan chiqarganim yo‘q. Alhamdulillah 5mahal namoz o‘qiyman. Hadis kitoblar o‘qiyman. Ham diniy ham dunyoviy ta’lim olish joiz deb hisoblayman. Qiz bola ko‘chaga chiqsa nimasi yomon? Yoki dunyoviy ta’limni faqat erkaklar olishi kerakmi? Ko‘p qarindoshlarimda ham kuzataman qiz bola o‘qib nima bo‘lardi degan gapni? Hatto bo‘yi etgandan tezda uzatib qolishni o‘ylab qolishadi? Balki u qiz o‘qimoqchidir qaysidir kasbni egallamoqchidir. Bu qanchalik to‘g‘ri qizlarimiz ham diniy ham dunyoviy ta’lim olishsa menimcha yomon bo‘lmaydi. Dinimizda bu haqida nima deyilgan?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Albatta qizlarimiz ham o‘qisinlar, qizlarga loyiq bo‘lgan ishlarni erkaklarga bermasdan o‘zlari egallasinlar. Dinimiz ilm talab qilish borasida erkak va ayolga bir xil xitob qilgan. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 17:42 | Savol-javoblar | 156 | Ayollarga oid masalalar