Shubhali go‘sht solingan taom

Assalomu alaykum! Hozirda Qozog‘istonda qurilishda ishlaymiz. Bu erda kunlik oziq-ovqatlarga okorachka qo‘shamiz. Bir ukamiz taqvo qilishni asta boshlayapti. Biz ovqatga okarachka solsak, u okorachka eyishni qo‘ydi. Endi okarachka qo‘shilgan ovqatni ham emayapti. Bu qanchalik to‘g‘ri? Okorachka qo‘shilgan ovqatni emaslik kerakmi yoki okorachkasini emasdan ovqatidan tanavvul qilsa ham bolaveradimi? Bu ukamizga yaxshi maslahatlaringizni bersangizlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Okorochka halol yo‘l bilan so‘yilgani aniq bo‘lmasa, o‘zini ham, solingan ovqatini ham eyish joiz emas. Vallohu a’lam!

2 May 2022, 17:28 | Savol-javoblar | 169 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar