Kafforat ro‘zasiga niyat

Assalomu alaykum! Men kafforat ro‘zasini tutishni boshlagandim. Shu kafforat ro‘zasida niyat qanday qilishini so‘ramoqchiman. Ramazon ro‘zasidek niyat qilinadimi yoki aloxida niyati bormi? Shunchaki kilgan gunoxi uchun Allohdan tavba kilib kafforat ro‘zasini tutaman desa bo‘lmaydi? Kein Ramazon ro‘zasi kabi vaqti xam quyosh chiqmasdan og‘iz yopib quyosh botgandan og‘iz ochish talab etiladimi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘z ona tilingizda shomdan keyin to saharlik vaqtigacha qazo ro‘zasini tutishni niyat qildim deb aytsangiz bo‘ldi. Bamdodni vaqti kirmasidan oldin berkitasiz, shomdan keyin ochasiz. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 18:02 | Savol-javoblar | 172 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar