Ayollarning namozi
Assalomu alaykum! Bir kuni dugonam biznikiga mehmonga keldi. Asr namozi vaqtida namozni biznikida o‘qib olishga kelishdik. Bitta xonada o‘qiydign bo‘ldik. Joy namozni solsam, u ham yonimga joynamozini joynamozimga yopishtirib soldi. Men bir-birimizga pichirlab halaqit bermaslik uchun(adashib ketmaslik uchun) joynamozimni surdim. U esa yana yaqin kelib oldi va bir xonada bir necha ayollar namoz o‘qiyotgan bo‘lsa, joynamozi xuddi erkaklarning jamoat namozidagi safidek elkama-elka bo‘lishi kerak degan fikrni aytdi. Shu to‘g‘rimi? Chunki biz uyda onam, singlim va men namoz o‘qiymiz. Bir xonada o‘qisak ham hech qachon joynamozni yonma-yon solmaganmiz. Birimiz xonani u tomonida, birimiz sal narirog‘da.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Erkaklardek o‘qisin degan joyi yo‘q. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 18:04 | Savol-javoblar | 163 | Namoz
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Erkaklardek o‘qisin degan joyi yo‘q. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 18:04 | Savol-javoblar | 163 | Namoz