«Tamaki chekadigan kishiga turmushga chiqish – musulmon ayol uchun xaromdir»?

Assalomu alaykum muxtaram Shayx hazratlari... Kuni kecha Info.islom.Uz axborot kanalidagi habar barchani diqqatini tortdi va bir ikki kashanda «birodarlarimiz»ning e’tirozlariga sabab bo‘ldi Emishki:[url=https://info.islom.uz/’ontent/view/2726/985/]Jazoirli shayx Abu Abdus Salom: “Tamaki chekadigan kishiga turmushga chiqish – musulmon ayol uchun xaromdir” degan fatvoni e’lon qildi. Ushbu fikr yoshlar orasida birmuncha shov-shuv va kuchli e’tiroz keltirib chiqardi. Bundan tashqari, bir qator olimlar: “Islom bo‘yicha nikoh o‘qitish uchun yuqoridagi shart qo‘shilmagan” deya, o‘sha olimning fikrlariga e’tiroz bildirdilar.Aslida bu fatvo bir muslima qizning “yomon odatlardan bo‘lmish tamaki chekish illatiga yo‘liqqan yigitga turmushga chiqsam bo‘ladimi?” - degan savoliga javob tariqasida berilgan edi. Shayx Abu Abdus Salomning javobi Jazoirning “Sharq” gazetasida nashr etilgan:Rasululloh (s.a.v.) musulmon ayolning iymonli, madaniyatli kishiga turmushga chiqishligini buyurganlar. Shoyad bunday kishilar sovchi qo‘ysalar, ushbu taklifni qabul qilishlari lozim.Payg‘ambarimiz (s.a.v.) bunday marhamat qilganlar: “Agar sizlarga iymoni va xulq-atvori to‘g‘ri keladigan kishi uylanishni taklif qilsa, unga turmushga chiqing.”Mazkur shayx shu bilan birga, qizning “tamaki chekish” haqidagi savoliga ham “xarom” deb javob bergan. Dalil sifatida esa quyidagi oyatlarni keltirgan:“O‘z-o‘zingizni o‘ldirmang (qatl qilmang)! Albatta, Alloh sizlarga rahm-shafqatlidir.” (Niso surasi, 29-oyat).Alloh azza va jalla yana bir oyati kariymada bunday marhamat qilgan:“Alloh yo‘lida (mollaringizni) sarflangiz! Va o‘zingizni halokatga tashlamang! Yaxshilik qiling! Albatta, Alloh yaxshilik qilguvchilarni sevadi.” (Baqara surasi, 195-oyat).Shu bilan birga Shayx Abu Abdus Salom javob tariqasida kashanda kishining nafaqat o‘ziga, balki atrofidagilarga ham zarar etkazishi haqida alohida ta’kidlab o‘tgan.Shu haqda (shayx aytib o‘tgan) yana bir oyatni keltirib o‘taylik:“Ey mo‘minlar, aroq (aql-xushni mast qiladigan har qanday ichkilik ichish), qimor (o‘ynash), butlar (ya’ni ularga sig‘inish) va cho‘plar (ya’ni cho‘plar bilan folbinlik qilish) – shayton amalidan bo‘lgan harom ishlardir. Bas, najot topishingiz uchun va abadiy hayotda jannatga erishishingiz uchun ularning barchasidan uzoq bo‘lingiz!Shubhasiz, shayton ichkilik, qimor va shu kabi xarom ishlarga chaqirish orqali faqatgina oralaringizga bug‘zu-adovat solishni, hamda sizlarni Allohni zikr qilishdan va namoz o‘qishdan to‘sishni istaydi! Mazkur harom ishlardan boxabar bo‘lganingizdan keyin ham, shaytonning o‘z maqsadlariga erishmasligi uchun – balki to‘xtarsizlar?!”(Jalolayn tafsiri. Moida surasi, 90-91 oyatlar.)Ammo, ko‘plab ulamolar Shayxning ushbu fatvosini ma’qullashmadilar. Masalan: doktor Abdul Haliym Kabx yuqoridagi fatvoni sharhlash mobaynida bunday dedi:“Tamaki chekadigan kishi – gunohkor bo‘ladi va bu odatini tark etib, tavba qilishi lozim. Lekin, nikoh shartlari orasida tamaki chekmasligi kerak degan band yo‘q. Unday bo‘lsa, misol uchun, g‘iybat qiluvchi kishi bilan ham nikohdan o‘tish mumkin bo‘lmasdi. Shunday ekan, demak Shayx Abu Abdus Salomning yuqoridagi fatvosini – tamakining haromligini ta’kidlash uchun emas, balki nasihat, tavsiya sifatida qabul qilganimiz ma’qul.”O‘z navbatida poytaxtdagi masjidlarning birida imom-xatiblik vazifasini bajaruvchi Shayx Yusuf bin Haliym ham:“Chekuvchi kishi bilan turmush qurishga, nikohdan o‘tishga bo‘lmaydi deya fatvo bermaslik kerak”, - deydi.Huddi shuningdek Shayx Muso Ismoil ham mana shu olimlarning fikrlarini to‘g‘ri deb topib, quyidagi mulohazalarini keltirib o‘tadi:“Tamaki chekadigan kishi bilan turmush qurish – joiz. Bunday kishi bilan hayot kechirish yoki kechirmaslik esa – albatta, ayol kishinining o‘z ixtiyorida,” – deya xabar beradi “Anba’om” sayti. [/url]Aytingchi, tamaki chekadigan odamga turmushga chiqish xarom bo‘lsa, muntazam chekadigan odam bilan yashaydigan muslimalar ham mazkur kishilar bilan yashashi xaromga chiqib qolmaydimi?Kisqa va lo‘nda bo‘lsada javobingiz uchun tashakkur!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bir odam “harom” degan ekan. Uning gapini birov qo‘llamapti. Ming odam “Harom emas” depti-ku! O‘zingiz o‘qib va ko‘chirib yozib turib, yana savol berasizmi?

1 May 2022, 18:45 | Savol-javoblar | 159 | Boshqa ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar