Chorva mollarini almashtirish
Assalomu alaykum! Bir kishi pulga muhtojroq bo‘lib turibdi. Uning tanishida esa pul yo‘q, lekin chorvasi bor. Mana shu holatda tanishidan kelgusida qaytarish sharti bilan chorva olib turildi. Bunda chorvaning o‘sishi hisobga olinib, kelgusida undan dadilroq bo‘lgan yoki xuddi shunday bo‘lgan chorva qaytarishni va’da qildi. Mazkur vaziyatda shar’iy jihatdan nomaqbul ishlar yuzaga kelmayaptimi? Agar yuzaga kelayotgan bo‘lsa ular to‘g‘risida ma’lumot bersangizlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Bu qarzga olish deyiladi. Chorvalarni qarzga olish yo‘q. Sotib olishi mumkin. Masalan 10 ta qo‘zini nasiyaga 10 oyga qiymatidan qimmatroqqa sotib olishi mumkin. Lekin nasya muddati va puli tayin bo‘lishi kerak. Vallohu a’lam!
6 May 2022, 06:35 | Savol-javoblar | 152 | Moliya va tijorat