Azondan keyin ham eb-ichish
Assalomu alaykum! Saxarlik qilayotganimizda man doimo voxli yopaman lekin yonimizdagi birodarlarimiz saxarlikda azon aytilsa ham eshitib turib yana eyishadi yo suv ichishuvradi. Bularni ro‘zasi ro‘za bo‘ladimi? Taqvimdan foydalanayotganimizda bir daqiqa bo‘lsa ham o‘tkazivorib ro‘zani yopsak qandoq? Xuddi tepada keltirilgan holatga o‘xshashmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘sha ro‘zasini qazosini tutishlari kerak. Ular hadisda azon aytilsa ham eb ichaveringlar deganini noto‘g‘ri tushunishibdi. Chunki Rasululloh sollallohu alayhi vasallam zamonalarida ikkita azon aytilgan. Birinchisi tahajjud o‘qiyotganlar tahajjudini to‘xtatib sahalik qilib olishlari uchun bo‘lgan. Uni Bilol roziyallohu anhu aytganlar. Namozga esa Abdulloh ibn Ummu Maktum roziyallohu anhu aytganlar. O‘shanday qilib yopgan ro‘zalarni hammasini qazosini tutishlari shart. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 18:07 | Savol-javoblar | 136 | Ro‘za