Emizikli go‘dak

Assalomu alaykum! Emizikli go‘dakni masjidga olib borish mumkinmi? Bir do‘stimiz Namoz vaqtida masjiga emizikli go‘dagini masjidga olib boradi. Ko‘pchilikni shikoyatiga qaramasdan masjidga go‘dakni olib borishdan qaytmayapti. Shariat taqiqlamagan deb boshqalarni fikrini inobatga olmayapti. Namoz payti yig‘laydi boshqalarni fikrini chalg‘ityapti. Ustiga ustak masjid gilamiga bavl qilishi yoki qusishi mumkin. 2-savolim emizkli go‘dak peshobi najosat bo‘lmaydi deb bir imom unga aytgan ekan. Haqiqatdan shundaymi? Imkoni bo‘lsa emizikli go‘dakni masjidga olib borish mumkin bo‘lsa yoki mumkin bo‘lmasa shariy dalilini aytsangiz,Qaysi kitobda yozilgan? Biz unga shu dalilni ko‘rsatardik.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Emizikli bolani hojat bo‘lsa, uyda qarab turadigan odam bo‘lmagan holatlar kabi, masjidga olib kelish mumkin. Lekin masjid ahlini bezovta qiladigan holat bo‘lsa, olib kelmagan ma’qul. Xususan u bola masjidning odoblarini tushunmaydigan darajada kichik bo‘lib, masjidga peshob qilib yoki qo‘sib qo‘yadigan yoxud namozxonlarga aziyat beradigan bo‘lsa, olib kelmaslik kerak.
2). Emizikli bola agar sutdan boshqa taom emasa, qiz bola bo‘lsa siydigi yuvilishi kerak bo‘ladi. O‘g‘il bola bo‘lsa siydigi tekkan joyga suv sepib qo‘yiladi: عن عَلِيٍّ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: يُغْسَلُ مِنْ بوْلُ الْجَارِيَةِ وَيُنْضَحُ بَوْلُ الْغُلاَمِ مَا لَمْ يَطْعَمْ. رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ هَكَذَا وَالتِّرْمِذِيُّ مَرْفُوعًا  Ali roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Qiz bolaning siydigini yuviladi. Taom emaydigan o‘g‘il bolaning siydigiga (suv) sepiladi», dedilar».
Abu Dovud va Termiziy rivoyat qilishgan.
Sharh: Hazrati Ali roziyallohu anhudan qilinayotgan bu rivoyatdan oladigan yangi ma’lumotimiz o‘g‘il bolaning siydigini yuvmasdan suv sepishning sharti u bola faqat emadigan, o‘zi taom emaydigan bo‘lishi kerakligidir. Chunki o‘zi taom eydigan o‘g‘il bolaning siydigi ham yuvilmasa bo‘lmaydigan holatda bo‘lib qoladi. («Hadis va hayot» kitobidan). Vallohu a’lam!

13 May 2022, 19:39 | Savol-javoblar | 148 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar