Ro‘za tugashining aniq vaqti

Assalomu alaykum! 1) Ma’lumki, bu yil 23-may ro‘zaning oxirgi kuni. Ya’ni 23-may kuni bilan ro‘za tutamiz va o‘sha kunning shom namozi kirganda ro‘za tutish tugaydi. Lekin har kimdan har xil gaplar eshityapman. 24-may kuni yana qaytadan og‘iz yopish kerak ekan saharlik qilib, keyin o‘sha kun peshin namozidan keyin og‘iz ochilar ekan, shunda to‘liq tutgan hisoblanar ekanmiz. Namoz o‘qiydigan yoshi katta odam, ba’zi do‘stlarim ham shu gapni aytishdi. Qaysi biri to‘g‘ri? 2). Qarzimizni, tutib berishimiz kerak bo‘lgan ro‘zani hayit ayyomi o‘tishi bilan tutib bersak bo‘ladimi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Dinimizda yarim kunlik ro‘za yo‘q. Bekorchilikdan shu gapni to‘qib chiqarishibdi. 2). Albatta. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 18:07 | Savol-javoblar | 185 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar