Beva ayol yana turmushga chiqishi

Assalomu alaykum! Yaqinda bir hikoya o‘qib qoldim. Unda yozilishicha ayollar u dunyoda birinchi umr yo‘ldoshi bilan birga bo‘lar emishlar. O‘sha hikoyada huddi mana shu so‘zlar yozilgan edi. "Jannatda men bilan bo‘lishni istasang turmushga chiqma! Ayol jannatda oxirgi eri bilan birga bo‘ladi..." Bu so‘zlar qanchalik to‘g‘ri yoki bu so‘zlar hato talqin qilinganmi. O‘layotgan odam bu dunyoda qolayotgan odamga shu mano‘da so‘zlar aytishi mumkinmi albatta bu erda buyruq sifatida aytilmagan bu so‘zlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Er iltimos qilishi mumkin. Alloh taolo Qur’onda bevalarni nikohlab qo‘yinglar deb marhamat qilgan. Nikohlanganlari yaxshi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 18:08 | Savol-javoblar | 148 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar