Ro‘zador odam tuxum eyishi mumkin emasmi

Assalomu alaykum! Hozir ro‘zadorman, ertalab saharlikka tuxum emoqchi edim. Lekin qishloqdoshlarim tuxum eyish mumkinmas ichida sarig‘i bor halol emas dedi. O‘zim ayam esa eyaver hech narsa qilmaydi, lekin qaynonam va boshqalar emang dedi. Boshim qotdi, kimni aytganini qilishni ham bilmayman. 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Albatta esa bo‘ladi. Alloh taolo "Tahrim" surasida marhamat qiladi:  يَا أَيُّهَا النَّبِيُّ لِمَ تُحَرِّمُ مَا أَحَلَّ اللَّهُ لَكَ تَبْتَغِي مَرْضَاتَ أَزْوَاجِكَ وَاللَّهُ غَفُورٌ رَّحِيمٌ۝ 1. Ey Nabiy! Nima uchun xotinlaring roziligini tilab, Alloh senga halol qilgan narsani harom qilursan?! Alloh o‘ta mag‘firatlidir, o‘ta rahmlidir.
Ya’ni «Alloh senga halol qilgan asalni o‘zingga harom qilishing durust emas. Nima uchun xotinlaring roziligini ko‘zlab, Alloh senga halol qilgan narsani o‘zingga harom qilasan?»
Nega qishloqdoshlaringiz nasorolarni roziligini olamiz deb Alloh halol qilgan tuxumni o‘zlariga harom qilishadi. Bizning dinimizda ro‘zador tuxum eyishi mumkin emas degan gap yo‘q. Ba’zi taomlardan ro‘za tutish boshqa dindagilarni ishlari. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 18:18 | Savol-javoblar | 140 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar