«Zino qarzdir degani, yoxud - zinokorning ayoli va qizi bilan ham o‘sha ishni qilishadi» degan gap bormi?
Assalomu alaykum! Ushbu 16:46 / 12.11.2018 sana va vaktda foydalanuvchilarning biri tomonidan «Zino qarzdir degani nima degani?» degan savol berilgan ekan. Manba: https://savollar.islom.uz/s/73540 Bu savolga Siz tomoningizdan kuyidagicha javob berilgan ekan: «Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati: - Va alaykum assalom! Zinokorning ayoli va qizi bilan ham o‘sha ishni qilishadi degani. Alloh taolo “Shuuro” surasida marhamat qiladi: وَجَزَاء سَيِّئَةٍ سَيِّئَةٌ مِّثْلُهَا 40. Yomonlikning jazosi o‘z mislidek yomonlikdir. Vallohu a’lam! Mana bu https://islom.uz/maqola/9078 manbada xam xuddi shu savol va xuddi shu javob keltirilgan ekan. Mening bilishimcha, yukoridagi oyat Kur’oni Karim ning 42-chi surasi bulgan «Shuuro» surasining 40-chi oyatida kasos xakida aytilgan. Buni men tafsir.ru sayti orkali bildim. Manba: https://tafsir.ru/ayat/42-40/ Aytmokchimanki, «Shuuro» surasining yukoridagi 40-chi oyatida umuman zino xakida aytilmagan. Sizdan surayotgan savolim shundan iboratki – «Zino qarzdir degani - bu zinokorning ayoli va qizi bilan ham o‘sha ishni qilishadi degani» degan gap kaysi oyatda yoki kaysi saxix xadisda isbot dalili xujjati bilan keltirilgan? Iltimos, agar shu gap xakikatan shariatda bor gap bulsa, buni isbot dalil xujjatlar bilan asoslab izoxlab bersangiz. Lekin mening fikri ojizimcha, yukoridagi javobda keltirilgan «Shuuro» surasining 40-chi oyati bu narsaga xujjat bula olmasa kerak. Chunki ushbu oyat kasos xakida kelgan ekan. Iltimos, mening savolimni e’tiborsiz koldirmasdan batafsil dalil xujjatlar bilan javob bersangiz.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz oyatni avvali va keyingisiga ulab ma’no olibsiz. O‘sha oyatni o‘zini bir qoida sifatida olingda. Siz o‘ylagandan kengroq va kattaroq ma’noni anglatadi. Masalan Alloh taolo "Moida" surasi ikkinchi oyatidagi “Ey iymon keltirganlar! Allohning nishonalarini, harom oyni, hadyini, osilgan belgilarni va Robblaridan fazl va rozilik tilab, Baytul Haromni qasd qilib chiqqanlarni o‘zingizga halol hisoblamang. Ehromdan chiqib, halol bo‘lsangiz, ov qilavering. Masjidul Haromdan to‘sgani uchun bir qavmni qattiq yomon ko‘rishingiz ularga tajovuzkorlik qilishingizga olib bormasin. Yaxshilik va taqvo yo‘lida hamkorlik qiling. Gunoh va dushmanlik yo‘lida hamkorlik qilmang. Allohga taqvo qiling. Albatta, Alloh iqobi shiddatlidir” deb marhamat qiladi. Ushbu oyatdagi “Yaxshilik va taqvo yo‘lida hamkorlik qiling. Gunoh va dushmanlik yo‘lida hamkorlik qilmang” oyatini faqat yuqoridagi holatgagina bog‘lab qo‘ysangiz bu Qur’onni juda tor ma’noni ifoda qiluvchi holga keltirib qo‘ygan bo‘lasiz. Agar siz shu jumlalarni o‘zini butun bir qoida qilib olsangiz har bir holatga tushadi. Biz har kuni Qur’on o‘qisakda uni ma’nolarini to‘liq tushuna olmasligimizning sabablaridan biri ham shudir. Faqat oyatlarni yuqoridagi yoki o‘zidan keyingilarga bog‘lab qo‘yamiz. Aslida har bir oyat balki har bir so‘z, kalima butun bir ma’noni ifoda qiladi. Agar bir har bir kalimani olib uni cheksiz dengiz ekanligini his qilib unga sho‘ng‘ishni bilganimizda edi, Qur’onni eng avvalida keltirilgan “Zaalikal kitaab” ya’ni “Mana shu eng mukammal haqiqiy kitob” degan ma’noni his qilgan bo‘lar edik. Bir vaqtlar bobolari dinga qarshilik qilganlarning nabirasi, kelgusidagi zurriyodlari minglab odamlarni to‘plab olib hammaning qarshisida cho‘miladigan kiyimda raqsga tushayotganini ko‘rmayapsizmi? Uni fahr deb bilib aslida o‘ta bir sharmandali rasvo ish ekanligini tushunmayotganlarini ko‘rmayapsizmi? Zino qilib bevalarni hojatini chiqarib yuribmizda deyayotganlar ham qizlari, nabiralari nikohsiz tug‘ib qo‘yayotganlarini eshitmayapsizmi? O‘sha tug‘ib qo‘yayotganlar yoki tug‘masidan bolasini dori bilan yoki bo‘g‘ib o‘ldirayotganlar to‘g‘ri tarbiya bergan otalarning farzandi deb o‘ylaysizmi? To‘g‘ri vaqtida to‘xtab, tavba qilib, hidoyatni tanlab, namozni boshlab farzandlarini solih tarbiyalashga harakat qilganlar Allohning fazlidan hech qachon mahrum bo‘lmaydi. Ba’zi birlar farzandi rasvo ishlarni qilsa ham o‘zini qarzini to‘layotganini his qilolmaydi. Ba’zi birlar esa mabodo begona odam ayolining yuziga tikilib qarab qolsa, qalbiga nishtar urilgandek azoblanib “bu qaysidir bir qarzimni evazimikin” deb tavbaga shoshiladi. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 18:18 | Savol-javoblar | 161 | Turli savollar