Ro‘zador allergiyaga sprey ishlatsa
Assalomu alaykum! Burnimda allergiyam bor. Havo yo‘llari yopilib qoladi. Nafas ololmay qolaman. Sprey dorisidan kuniga 2-3 marta foydalanaman. Hozir ro‘za tutayapman. Spreydan foydalansam bo‘ladimi? Ro‘zam ochilib ketmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ochilib ketadi. Atirga o‘xshab hidlaydigan doridan foydalaning. Dori tomizsa yoki sprey sepilsa ro‘za ochiladi. Siz xuddi sovunga o‘xshab burun teshiklariga surtsa dimog‘ini ochadigan dori bor o‘shandan foydalaning. Agar topa olmasangiz tomizadigan doringizni biror latta yoki salfetkaga tekazib, burunning ichga surtib yuborsangiz ham dimog‘ingizni ochadi. Agar bunda ham ochilmasa, ro‘zani ham tuting, ehtiyotan fidyasini ham bering. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 18:22 | Savol-javoblar | 145 | Ro‘za