Namozda ayollar kiymining axamiyati

Assalomu alaykum! Ba’zi odamlar namoz o‘qiganda kiyim keng va toza bo‘lsa kifoya desa, ba’zilar esa ko‘ylakning engi bilaklarni yopib turishi va oyoqda paypoq bilan o‘qish kerakligini ta’kidlamoqda. Namoz o‘qishda ham xuddi hijob o‘raganday o‘ranish va xuddi shunday kiyim kiyish kerakmi? Savolimdan maqsad shu gaplardan qay biri qanchalik to‘g‘riligi va kiyim qanday bo‘lishi kerakligi haqida ma’lumot bersangiz. 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Yuzi, kafti(orqasi bilan) to‘pig‘ini pasti ko‘rinib turishining zarari yo‘q. Shu joylaridan boshqa joylari ochilib ketsa, hatto ruku’ va sajda vaqtida poychasi va engi ko‘tarilib ketsa ham namoz buziladi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 18:30 | Savol-javoblar | 172 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar