Ruxsat so‘rab va savol

Assalamu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Hazrat men mazkur saytdagi savol va javoblarning ba’zilarini ayolimga ham rasmga olib (telefonda bufer qilib) jo‘natgan edim. U ham ba’zi ma’lumotlaridan xabardor bo‘lib turishi uchun. Bunga sizdan ruxsat olishim kerakligini bildim. Shuning uchun sizdan quyidagilarni so‘ramoqchiman. 1. Men ayolimga jo‘natgan sizning savol javoblaringizga rozimisiz? 2. Bundan keyin ham ayolimga mazkur savol javoblaringizning ba’zilarini unga havola qilib turishimga ruxsat berasizmi? 3. Avvobin namozini Shom namozini tugatib o‘qish kerakmi yoki Shom namozi vaqti chiqishini kutib, keyin Xuftongacha o‘qish kerakmi? 4. Hazrat! Onam, farzandlarim va mening oilam haqqiga duo qilsangiz, iltimos!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Savolni bittadan bering.

26 May 2022, 17:30 | Savol-javoblar | 148 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar