Semizlik jannatga kirishlikni kechiktiradimi

Assalomu alaykum! Bir domla aytib qoldilar, ozg‘in jannatiylar semiz jannatiylardan oldinroq jannatga kiradi deb. Bu gap asoslimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qorni katta sahobiyni ko‘rib, barmoqlari bilan ishora qilib “Bu narsa boshqa joyda bo‘lganda edi” deganlar. Ya’ni o‘zing shunchani eb yubormasdan boshqalarga ham sadaqa qilganingda edi, qoringa to‘planmasdan jannatga zaxira bo‘lar edi degan ma’noda. Ozg‘inlardan semizlar keyin jannatga kiradi degan hadis yo‘q, lekin voqe’likka qaralganda o‘zi emay o‘zgalarga ilingan kishi o‘zgalarga bermay o‘zi eb semirgandan albatta oldinroq jannatga kirishi bor. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 18:33 | Savol-javoblar | 137 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar