Yosh bolaga taxorat

Assalomu alaykum bu savolimni javobini "izlash xizmati"dan topa olmadim, agar bu savolni takroran berayotgan bo‘lsam uzur. Farzandim kichkina paytlarida pampersdan chiqarayotganimda bir xillarida kiymini xo‘llab qo‘yardi. Ba’zida yolg‘iz o‘zi qolganida qaerni xo‘l qilganini bilmasdim. Gilam qalin siydik miqdori oz bo‘lgan uchun bo‘lsa kerak. Shunday vaziyatlarda taxoratli bo‘lsam o‘sha joy qurigan bo‘lsa ham taxoratimga ziyon etmasmikin deb xavotir olardim. Eshitishimcha bolani najosati qurib kiymini xo‘l qilmasa xidi zarar bermasa taxoratga zarari yo‘q ekan, shu rostmi? Yana bir savolim 3 yoshli o‘g‘lim Qur’on o‘qiyotganimda taxoratsiz Qur’onga teginib o‘qiyman deydi, namoz o‘qiyotganimda betaxorat joynamozda namoz o‘qish amallarini bajaradi. Bu gunox emasmi? Necha yoshdan boshlab bolaga taxorat bilanibodat qilishni o‘rgatish kerak? Bolani dinni qiyn deb o‘ylamaslik, zeriktirmaslik, charchatmaslik uchun ularga qattiq talab qo‘ymaslik kerak deb eshitgandim shu rostmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ho‘l oyoq bilan najosat tegib qurigan joyni bossangiz tahoratga hech qanday zarari yo‘q. ho‘l najosatni bossangiz zarari bor. O‘sha najosat tekan joyni o‘zini yuvib olasiz. Qayta tahorat qilishga hojat yo‘q. Balog‘atga etmagan bolalar Qur’onni tahoratsiz ushlashlari mumkin. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 18:32 | Savol-javoblar | 146 | Tahorat
|
Boshqa savol-javoblar