Namozda yig‘lasa buziladimi

Assalomu alaykum! Namoz o‘qiyotganda kulish yig‘lash mumkinmas deb o‘qiganman. Lekin man joynamoz chiqtim deguncha ko‘zimdagi yoshimni to‘xtatomiman. Mumkinmas yig‘lamiman diymanu o‘zimdan o‘zim to namozimi tugatgunimcha yig‘livuraman. Ko‘zlarimdan o‘zidan-o‘zi yosh oqvuradi. Ayniqsa sajdaga bosh qo‘yganimda yig‘im sababli uzoq qopketaman. Namozda yig‘lash mumkin bo‘masa yig‘lamaslik uchun nima qilishni maslaxat berasiz?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Namozda oxiratni o‘ylab yig‘lash joiz. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan tortib sahoba, tobe’in va barcha solih insonlar namozlarini yig‘isiz o‘qimaganlar. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 18:34 | Savol-javoblar | 152 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar