Xatna xakida
Assalomu alaykum shayx xazratlari. Sizdan xatna tugrisida suramokchi edim. Alloxga shukrlar bulsin, men xam ugil farzand kurdim. Farzandim tugilganda vrachlar "Uglingiz xatnasi bilan tugildi" (ya’ni farzandimning jinsiy a’zosi xatna kilingandan keyingi xolatda kanday bulsa, tugilganda shu xolatda edi) deb menga tabrik bildirishdi. Maxallamiz oksokollaridan surasak, "Xatnali tugilibdi, xatna kilinmaydi" deyishgan edi. Ulamolardan surasak anik javob bera olishmadi, ba’zilari xatna kilinmaydi deyishsa, ba’zilari tig tekkazib kuyish kerak, ba’zilari kon chikarib kuyish kerak degan maslaxatlar berishdi. Lekin nima uchun tig tekkazish eki kon chikarish kerakligini asoslab tushuntirib berishmadi, umuman asli xatna kildirishni kelib chikishi, ma’nosi, asosi nima ekanligini bilishdi istardim. Kup eshitganman jinsiy a’zoni xarom kismi kesib tashlanadi degan asosni, zamonaviy meditsina tomonidan xatnani erkak uchun kup foydali tomonlari borligini eishtganman. Xatto Moskvadan bir oila ugillarida tuz tuplanish xastaligi bulganligi uchun, bizning shaxrimizga kelib ugillarini "kestirib" ketishgani, ushanda musulmonlar bekorga xatna kilmas ekanlar deb aytishganini guvoxi xam bulganman, lekin... Sizdan iltimos, uglimni xatna kildirish kerakmi, umuman xatna tugrisida bilishni istardim. E’tiboringiz uchun raxmat. Allox sizdan rozi bulsin!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
XATNAAbu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ibrohim alayhissalom sakson yildan keyin Qadum degan joyda o‘zlarini o‘zlari xatna qildilar», dedilar».Nabiylarning otasi bo‘lgan Ibrohim alayhissalom keksayib qolgan paytlarida ham o‘zlarini xatna qilgan ekanlar. Demak Alloh Taoloning bu amri o‘sha paytda joriy qilingan ekan. Xatna qildirish sunnatdir. Sunnat bo‘lganda ham Islomning shiorlaridan, xususiyatlaridan biri sanalgan sunnatdir. Agar bir yurtning odamlari xatnani tark qilishga kelishgan bo‘lsalar, Islom davlati boshlig‘i ularga qarshi urush e’lon qiladi. O‘g‘il bolalarni kichiklik chog‘ida xatna qildirish musulmon xalqlarning tark qilmaydigan odatiga aylanganligi yaxshi ish.Xatnada zakarning uch qismini qoplab turgan yumshoq teri kesiladi. O‘sha terini arabchada «qalafa» deyiladi.Hanafiy mazhabi bo‘yicha bolaning holiga qarab xatnani ko‘taradigan bo‘lganda qilinadi. Etti kunlik bolani xatna qilish shart emas.Shuningdek, zaifligi uchun xatnaga chiday olmaydiganlarni ham xatna qilinmaydi.Xatna qilinmagan odam vafot etsa, uni xatna qilinmaydi.Xatna holida tug‘ilgan shaxsni xatna qilinmaydi. Agar xatna qilinishi lozim bo‘lgan joyida ba’zi bir teri bo‘lsa uni olib tashlab lozim bo‘ladi.Xatnachining aybi ila xatna qilingan shaxsga talofat etsa, tavon to‘lanadi.Xatna munosabati ila marosim qilish mashru’dir. O‘g‘il bolalarning xatnasini izhor qilish sunnat.Yoshligida xatna qildirilmaganlarni ham shariat hukmlarini buzmagan holda keyinroq bo‘lsa ham, xatna qildirish ulamolarimiz tomonidan tavsiya qilinadi. Katta yoshdagi kishi musulmon bo‘lsa va xatna unga zarar keltirishi xavfi bo‘lsa, tark qilinadi.Bir odam, katta yoshda musulmon bo‘lgani uzri uchun xatna qilinmagan bo‘lsa, adolatli bo‘ladi va shahodati qabul qilinadi. Uzrsiz xatna qilinmagan odamning guvohligi qabul qilinmaydi. Xatna shofe’iy va hanbaliylar nazdida vojib, hanafiy va molikiylar nazdida sunnatdir. Bola tug‘ilganiga etti kun o‘tgandan boshlab xatna qilinsa bo‘laveradi degan ulamolar ham bor. Ba’zilar etti yoshdan o‘n yoshgacha xatna qilinsa, yaxshi bo‘ladi, deganlar.Xatnachi katta odamni yoki o‘smirni xatna qilish uchun avratiga nazar solishi joiz.Bu ishning qachalik foydali ekanini musulmonmaslar ham endi-endi anglab etmoqdalar.
20 Aprel 2022, 20:14 | Savol-javoblar | 200 | Dolzarb savollar