Omonot haqida

Assalomu alaykum! Bir odam ramazon kelishi munosabati bilan Ramazonda iftorlik va kambag‘allarga(muhtojlarga) yordam berish niyatida odamlarni targ‘ib etib, yaxshi ish boshlagan edi. Ya’ni pul yiqqan edi. Hozir mana karantin tufayli ko‘pgina oilalarda muhtojlik sezilyabdi. Endi shu pullarni hozir faqat muhtojlarga yordam bersa, omonatga xiyonat qilib qo‘ymaymanmi degan qo‘rquv ila savol yo‘llashimni iltimos qilgan edi. 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bering. U vaqtdagidan ko‘ra hozir beradigan vaqti. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 18:37 | Savol-javoblar | 142 | Boshqa ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar