Biz nikohni qayta o‘qitamizmi
Assalomu alaykum! Men umryoldoshim bilan oila kelishmovchiligi tufayli 6 yil yashamadim. O‘rtada farzandimiz bor 7 yosh. Turmushga chiqmadim, noto‘g‘ri yo‘lga yurmadim(Alloh saqlasin), umr yo‘ldoshimni kutib yashadim. Lekin xayot sinovi bilan erim uylandi. Men qonun tarafdanam, din tarafdanam ajrashmaganman. Ya’ni taloq bermagan. Chunki biz ajrashamiz deb o‘ylamaganmiz. Erim noqonuniy yo‘l bilan ZAGSni kestirganakan. Oila qurib onasi majburlagani uchun 2 oy yashagan. Yasholmey xaydavorgan ikkinchi xotininiyam. Xullas xozirgi kunda biz bilan birga yashayapti, nikox o‘qitolmayapmiz, sharoit yo‘qligi uchun (rossiyadamiz). Nikoxim bormi yo‘qmi shuni bilmoqchiman. Ya’ni yangitdan nikox o‘qitishim shartmi? Judayam qiyin xolatga qoldim. Xozirgi kunda farzand kutmoqdamiz nima qilishni bilmayapman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Taloq bermagan bo‘lsa nikohlashga ham hojat yo‘q. O‘sha qilingan birinchi nikoh kifoya qiladi. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 18:37 | Savol-javoblar | 156 | Oila va turmush
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Taloq bermagan bo‘lsa nikohlashga ham hojat yo‘q. O‘sha qilingan birinchi nikoh kifoya qiladi. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 18:37 | Savol-javoblar | 156 | Oila va turmush