Taloq xaqidagi savolimga javob olgandim

Assalomu alaykum! Mening avvalgi savolimga – Va alaykum assalom! Oilang buziladi degan so‘zdan nimani iroda qilgan bo‘lsangiz shu. Agar taloq qo‘yishni niyat qilgan bo‘lsangiz taloq tushadi. Taloqni niyat qilmagan bo‘lsangiz tushmaydi. Vallohu a’lam! deb javob berilgan ekan shunda taloq bo‘lsa demak bir taloq tushgan shunaqami.2). Agar tushgan yo tushmagan bo‘lsa nima qilishim kerak javobingiz uchun rahmat. 3). Men O‘zbekiston musulmonlar idorasi fatvo xayatiga xam telefon qilgan edim shunda ular agar oilang buziladi deb kelajakni ya’ni kelasi zamon fe’lini ishlatgan bo‘lsangiz taloqsan deganda xam taloq tushmaydi. Agar shu ishni qilsang oilang buzildi yoki buzildi deb xisobla desagina taloq tushadi deyishdi. Nega 2 xil javob?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Shunday. 2). Qaytadan nikohlatib olishingiz kerak bo‘ladi. 3). Fihqiy kitoblarimizda “agar shu ishni qilsang o‘tramizga taloq tushadi” desayu, ayol o‘sha ishni qilsa taloq tushadi degan joyi bor. Bu erda ham taloq tushadi degan narsani o‘tgan zamon emas kelasi zamonga bog‘lab aytilinyapti. Har kim ilmiga qarab javob beradi. Biror narsaga bog‘liq qilmasdan “taloq qilaman” desa bu bilan tushmaydi. Chunki bu va’da, taloq qilsa taloq tushadi, qilmasa taloq tushmaydi. Yuqoridagi sizni aytgan so‘zingiz bundan farq qiladi.  Vallohu a’lam!

25 May 2022, 18:45 | Savol-javoblar | 202 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar