Musibatdan so‘ng tushkunlikdan chiqish
Assalomu alaykum! Qalbimda qayg‘u bilan sizlardan tasali topishlik maqsadidi savol yo‘llayabman. Uch kun oldin volidamiz omonatini topshirdilar. Yoshlari sal kam 70da edi. Saraton kasalligi bilan uch yildan beri og‘rirdilar. Davolatdik qo‘ldan kelgancha, kasal paytlari oldilarida bo‘ldik. Onamni judayam yaxshi ko‘rardim, sog‘inib ezilyabman, qattiq og‘riq bo‘lardi. Og‘riganini ko‘rib yig‘lab Allohdan shifo so‘rardim. Yosin surasini o‘qib dam solib turardim. O‘lim soatidan bir kuna odin rozilik so‘radilar, bizdan roziligini aytdilar, kalima tillaridan tushmadi. Oxirgi uch yil og‘riqsiz kun kechirmadilar desam to‘g‘ri bo‘ladi(Vallohu a’lam). Shunday xollarda Haq taolo onamni mukofotlarmikin? O‘limidan so‘ng qabr xayotlari va oxirati nima bo‘lishi mumkunligi mazmunida xadislar bormi? Xayoti davomida ko‘p yo‘qotishlar ko‘rganlar. 4 nafar farzandlari go‘dak vaqtida olamdan o‘tgan. Otamiz xam 8 yil oldin qazo qiganlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Alloh O‘zi suygan amallarga muvaffaq qilgan bo‘lsa oxiratda ham sharmanda qilmaydi. Alloh taolo "Baqara" surasida marhamat qiladi: وَلَنَبْلُوَنَّكُمْ بِشَيْءٍ مِّنَ الْخَوفْ وَالْجُوعِ وَنَقْصٍ مِّنَ الأَمَوَالِ وَالأنفُسِ وَالثَّمَرَاتِ وَبَشِّرِ الصَّابِرِينَ الَّذِينَ إِذَا أَصَابَتْهُم مُّصِيبَةٌ قَالُواْ إِنَّا لِلّهِ وَإِنَّا إِلَيْهِ رَاجِعونَ 155. Albatta, sizlarni bir oz xavf va ochlik bilan, mol-mulkka, jonga, mevalarga nuqson etkazish bilan sinaymiz. Va sabrlilarga xushxabar ber.
156. Ular o‘zlariga musibat etganda: «Albatta, biz Allohnikimiz va albatta, biz Unga qaytuvchimiz», – deganlardir. أُولَئِكَ عَلَيْهِمْ صَلَوَاتٌ مِّن رَّبِّهِمْ وَرَحْمَةٌ وَأُولَئِكَ هُمُ الْمُهْتَدُونَ 157. Ana o‘shalarga Robblaridan salovotlar va rahmat bor. Ana o‘shalar, o‘shalargina hidoyat topganlardir.
Bu ulkan tarbiyaning yorqin misolidir. Shuncha sinov va mashaqqatlarga mukofot tarzida g‘alaba, nusrat va boshqa narsalar emas, Allohning salovotlari, mehri, shafqati hamda rahmati va’da qilinmoqda! Shuning uchun mo‘minlar doimo Allohning roziligini ko‘zlab ish qilishlari lozim bo‘ladi. Bu dunyoda hosil bo‘ladigan ba’zi bir natijalar oxirgi maqsad bo‘lib qolmasligi kerak. Hatto aqiydaning g‘olib kelishi ham yuqorida aytilgan mukofotning o‘rnini bosa olmaydi. ("Tafsiri Hilol" kitobidan). Vallohu a’lam!
25 May 2022, 18:46 | Savol-javoblar | 154 | Ruhiy tarbiya