Mahramsiz safar

Assalomu alaykum! Savolim shundan iborat. Ayolim xizmat safari bilan chet davlatga 5-6 kunga borib kelmoqchi. Meni imkonim yo‘q borishga. Ayolim o‘zi ketishni juda xoxlayapti. 2 ta farzandimiz bor. Men bunday xolatda qanday yo‘l tutsam bo‘ladi? O‘zini ketishini maxramsiz xoxlamayapman. Borma desam noto‘g‘ri tushunayapti. Shariat bunga nima deydi? Oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Allohga va oxirat kuniga iymon keltirgan ayolga uch kecha va kunduzlik masofaga mahramsiz safar qilish halol emas” deganlar. Ayol kishi mahramsiz safarga chiqsa-yu, mahramlari uni qaytarmasdan unga rozi bo‘lib tursalar, barchalari gunohda barobarlar. وعَنْ أَبِي سَعِيدٍ الْخُدْرِيِّ قال : سَمِعْتُ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَقُولُ :"مَنْ رَأَى مِنْكُمْ مُنْكَرًا فَلْيُغَيِّرْهُ بِيَدِهِ فَإِنْ لَمْ يَسْتَطِعْ فَبِلِسَانِهِ فَإِنْ لَمْ يَسْتَطِعْ فَبِقَلْبِهِ وَذَلِكَ أَضْعَفُ الْإِيمَانِ". رواه مسلم Abu Sa’id Xudriy roziyallohudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Sizlardan birortangiz gunoh ishni ko‘rsa, uni qo‘li bilan o‘zgartirsin agar unga qodir bo‘lmasa, tili bilan o‘zgartirsin, agar bunga ham qodir bo‘lmasa, qalbida unga noroziligini bildirsin va bu iymonning eng zaifligidir» dedilar». 
Muslim rivoyati. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 04:00 | Savol-javoblar | 208 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar