Zam surada Bismilloh aytish
Assalomu alaykum! 1. Namoz o‘qiyotganda Fotiha surasini o‘qib bo‘lgandan keyin zam suradan oldin Bismilloh aytiladimi yoki yo‘qmi? Onam yoshlari 55 da. Bitta Ixlos surasini biladilar. Hozirgacha farz namozlarining birinchi rakatida ixlos surasini ikkinchi rakatida sano duosini o‘qirakan (Bugun bilib qoldim). 2). Sunnat va farz namozlarida bitta surani qayta zam sura qilib o‘qish mumkinmi? Onamga boshqa surani yodlang desam yodlay olmayapman deyaptilar maslahat bering iltimos.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Aytsa ham aytmasa ham bo‘ladi. Ikkinchi ra’atda ham sano o‘qilmasdan Ixlos surasini o‘qiydi. 2). Bilmaganlarga joiz. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 18:48 | Savol-javoblar | 170 | Ibodatlar