Rivoyatlar xakida

Assalomu alaykum! Men imom Buxoriy, imom Muslim va sahih hadis deyilsa, bilamanki u xaqiqat. Rivoyatlarchi? Payg‘ambarlar xaqidagi Qur’onda oyatlari kelmagan voqealar xaqida. Masalan Muso alayhissalomning Alloh taologa: qavmim meni oldinda yursamham, o‘rtada yursam xam, ortda yursam xam gapirtshyabti deganda Alloh taolo “Qayg‘urma ular xattoki meni xam gapirishadiku” degan manodagi, yana Muso alayhissalomning iblis bilan gaplashishi, Muso alayhissalomning qo‘l va oyog‘i yo‘q inson bilan muloqoti xaqidagi. Ibroxim alayxissalomning esa birinchi kelinini javobini berishini Ismoil alayxissalomga aytishlari. Bularning manbasi qaerdan?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Ularni isroiliyot, ya’ni Banu Isroilga tegishli ba’zilari esa undan oldingi ummatlarning hikoyalaridan iborat bo‘lib, shariatga zid bo‘lsa olinmasligi aniq. Zid bo‘lmasa tasdiq ham qilinmaydi yolg‘on ham deyilmaydi. عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: كَانَ أَهْلُ الْكِتَابِ يَقْرَءُونَ التَّوْرَاةَ بِالْعِبْرَانِيَّةِ وَيُفَسِّرُونَهَا بِالْعَرَبِيَّةِ لِأَهْلِ الْإِسْلَامِ، فَقَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: لَا تُصَدِّقُوا أَهْلَ الْكِتَابِ وَلاَ تُكَذِّبُوهُمْ، وَقُولُوا آمَنَّا بِاللّهِ وَمَآ أُنزِلَ إِلَيْنَا  الْآيَةَ. رَوَاهُمَا الْبُخَارِيُّ  Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Ahli kitoblar Tavrotni ibroniycha o‘qir va arabcha tafsir qilar edilar. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Ahli kitobni tasdiq ham, yolg‘onchi ham qilmanglar. «Allohga va bizga nozil qilingan narsaga… iymon keltirdik…» oyatini aytinglar», dedilar».
Ikkisini Buxoriy rivoyat qilgan.
Sharh: Bu rivoyatdan ahli kitoblarning diniy ta’limotlari haqida bizning dinimizda yo‘q ma’lumotlarni tasdiqlash ham, yolg‘onga chiqarish ham kerak emasligi kelib chiqadi. Agar dinimizda mazkur ma’lumotlardan tasdiqlangani yoki yolg‘onga chiqarilgani bo‘lsa, o‘sha qabul qilinadi. Ammo ularning kitoblaridagi ma’lumotlar ichida bizning manba’larimizda munosabat bildirilmaganlari bo‘lsa, ularni tasdiqlab ham, yolg‘onga chiqarib ham bo‘lmaydi. Chunki ularning kitoblari buzilgan, ichida rosti ham, yol­g‘oni ham aralashib ketgan. Tasdiqlansa, yolg‘on chiqib qolishi yoki aksincha bo‘lishi ehtimoli bor.  ("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!

28 Aprel 2022, 04:49 | Savol-javoblar | 155 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar