O‘tganlar haqiga o‘qiladigan duo

Assalomu alaykum! Uzur ustozlar mening dindan savodim xali yaxshi emas xudoga shukur yakinda namoz ukishni boshladim. savolim shunday kaysi duoni ukib yursa utgan avlod ajdodlar uchun yaxshi buladi yo sura oyatlarnimi.. raxmat nomakul savol bergan bulsam uzur..
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Quyidagi oyatlarni o‘qib yuring. Alloh taolo "Ibrohim" surasida marhamat qiladi:  الْحَمْدُ لِلّهِ الَّذِي وَهَبَ لِي عَلَى الْكِبَرِ إِسْمَاعِيلَ وَإِسْحَقَ إِنَّ رَبِّي لَسَمِيعُ الدُّعَاء۝ 39. Keksalik paytimda menga Ismoil va Ishoqni hadya etgan Allohga hamd bo‘lsin. Albatta, Robbim duoni o‘ta eshituvchidir.
Ma’lumki, Ibrohim alayhissalom uzoq vaqt farzand ko‘rmaganlar. To‘qson yoshlarida Ismoil alayhissalom, so‘ngra Ishoq alayhissalom dunyoga kelganlar. Keksa kishiga farzand berishi Allohning ulug‘ ne’matidir. Shuning uchun Ibrohim alayhissalom o‘g‘illari Ismoil alayhissalom yordamida Baytullohni qurib bo‘lganlarida ham bu ne’matni yodga olib, o‘zlariga keksalik chog‘ida farzand bergan Allohga hamdu sanolar aytmoqdalar. Alloh taoloning duolarni qabul etuvchi Zot ekanini zikr qilmoqdalar:
«Albatta, Robbim duoni o‘ta eshituvchidir».  رَبِّ اجْعَلْنِي مُقِيمَ الصَّلاَةِ وَمِن ذُرِّيَّتِي رَبَّنَا وَتَقَبَّلْ دُعَاء۝ 40. Robbim, meni va zurriyotlarimni namozni to‘kis ado etadiganlardan qilgin. Robbimiz, duoni qabul etgin.
Ibodat paytida yana ibodat uchun Allohdan yordam so‘rash ibodatning bardavom bo‘lishida Allohning O‘zidan yordam so‘rashni anglatadi. Allohning duolarni qabul etuvchi Zot ekanini zikr qila turib, yana duoni qabul etishini so‘rash biror to‘siq bo‘lib qolmasin, degan xavfni anglatadi.
Kelasi oyat ila Ibrohim alayhissalomning duolari so‘ngiga etadi. رَبَّنَا اغْفِرْ لِي وَلِوَالِدَيَّ وَلِلْمُؤْمِنِينَ يَوْمَ يَقُومُ الْحِسَابُ۝ 41. Robbimiz, hisob qilinadigan Kunda meni, ota-onamni va mo‘minlarni mag‘firat aylagin».  ("Tafsiri Hilol" kitobidan).  Vallohu a’lam!

25 May 2022, 18:51 | Savol-javoblar | 160 | Boshqa ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar