Moshina sug‘urtasi bilan shug‘ullanish

Assalomu alaykum! Bilishimcha, hozirgi vaqtda markab(avtoulov) olinsa majburiy sug‘urta qilinishi shart. Deylik agar man yoki kimdir shu sug‘urtaga o‘xshash firma ochsa. Lekin farqi shundaki hozirgi mavjud sug‘urtala 1 yilda bir marta badal puli oladi va qaytarib bermaydi. Yani tushunishimcha riboga kirib qoladi. Man ochmoqchi bo‘lganimda esa yiliga hizmat haqqi sifatida misol uchun 30 ming so‘m pul olinadi. Undan tashqari deylik yil boshida yoki har oy qo‘shimcha badal puli olinad. Lekin hozirgi mavjudladan farqli o‘laroq o‘sha yig‘ilgan pul yil ohirida qaytarib beriladi. Yani har oy misol uchun 50 ming badal puli yig‘ib boriladi va deylik 12 oyda 50 mingda deylik 600 000 so‘m yig‘iladi. Va shu pul yil ohirida egasiga kamaytirmasdan yoki ko‘paytirmasdan qaytarib beriladi. Buni hammasini amalga oshirish uchun albatta ishchilar va joyga pul sarflanadi. Shulani hisobga olib o‘sha hizmat haqqi sifatida olingan pul ham riboga kiradimi yoki yo‘q. Va bu yo‘l bilan topilgan har qanday foyda halol bo‘ladimi yoki harom?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shariatimizda sug‘urta o‘rniga takoful degan o‘rinbosar bor. Takofulni to‘liq o‘rganib joriy qilishingiz mumkin. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 18:54 | Savol-javoblar | 163 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar