Dard

Assalomu alaykum! Meni bir narsa o‘ylantirib qo‘ydi. Alloh insonga bir dard berib uni gunoxlarini to‘kadi degan xadisni eshitganman. Bu xadis kimlarga tegishli? Umri davomida Allohning izmida yurgan insonlargami yoki namoz o‘qimay faqat gunox ishlar bilan mashg‘ul bo‘lgan insonlargami? Savol berishimdan maqsad meni bir qo‘shnim bor edi, yaqinda vafot qildilar. Joylari jannatdan bo‘lsin, u inson ichuvchi, zinokor, fosiq inson edi. O‘limidan oldin 5 yil to‘shakda yotdi, juda qiynaldi. Shu inson xam yuqoridagi xadisga to‘g‘ri keladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ba’zi hadislarda “falon bo‘lsa jannatiy bo‘ladi, fulon bo‘lsa jannatga tushadi” degan bo‘lsa u narsalar fazilat hisoblanadi. Undan avval Allohning farzlari va qaytariqlari turadi. O‘sha avvalgi o‘rindagilarga yaxshi amal qilsa keyingi fazilatlardan nasibador bo‘ladi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 18:56 | Savol-javoblar | 147 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar