Sog‘ligi tufayli bola oldirish

Assalomu alaykum! Opamning yoshlari 38da. Xozirgi kungacha 4 marotaba operatsiya bo‘lganlar. O‘tgan oyda o‘t qoplari toshlari pristupi bilan bolnitsaga tushib qoldilar. Shoshilinch borganlari uchun ularga tezlik bilan antibiotiklar bilan muolaja qilishdi. Shundan so‘ng og‘riqlar kamaygan. Lekin baribir operatsiya qilish zarur deyishmoqda. O‘t qop toshlari o‘t qopini yorib yuborsa inson o‘lishi mumkin ekan. Tekshiruvlarda opam 9 xaftalik xomilador ekanliklari aniqlanibdi. Lekin shifokorlar tug‘ish sog‘liklariga to‘g‘ri kelmasligini takidlashmoqda. Olingan muolajalar bolaga zarar ekan. Opam oldirsam gunox bo‘ladi deb ikkilanmoqdalar. Bola o‘sib ketsa uni olish yanada qiyin bo‘lar ekan. Iltimos maslaxat bersangiz.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Biz hech qanday masalahat berolmaymiz. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 19:09 | Savol-javoblar | 140 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar