Shialar so‘ygan go‘shtdan taom halolmi?
Assalomu alaykum! Hozir men Azarbayjonning Naxichevan degan joyida yashab, o‘qiyapman. Bilishimcha sheriklarimni mazhabi shia, chunki namozda ular biznikidan farqli harakatlarni amalga oshirishyapti, biz aytadigan shahodat kalimasiga “aliyyun valiyulloh” deb qo‘shib aytishar va ularda tasbehdan tashqari 1ta yapaloq tosh ham bor ekan. Shunday holda men ularni o‘lkasida so‘yib sotiladigan qo‘y, mol, tovuq go‘shtlarini iste’mol qilsam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz ularni e’tiqodini surishtiring. Agar quyidagidek e’tiqodda bo‘lsa so‘yganini eyish joiz bo‘lmaydi. Shialarning ba’zi g‘uluvga ketganlari “Qur’on o‘zgartirilgan” deb da’vo qilishadi. Aslida bu e’tiqodiy masala bo‘lib, ahli sunna valjamoa ulamolari nomi shiya bo‘lsa hammasini kufrga hukm qilmaydilar. Shiya firqasiga mansub bo‘lib, dinda Rasululloh solallohu alayhi vasallam tarafidan keltirilganiga iymon keltirish zarur bo‘lgan narsalardan birortasini inkor qilmasa, kofir deyilmaydi. Shialar hijriy birinchi asrdayoq paydo bo‘lgan. Lekin ularda kufr darajasidagi e’tiqod bo‘lmagan. Imomi Buxoriyning roviylaridan yigirmadan ortig‘i shiyalardan bo‘lib, kufrga olib boruvchi e’tiqodda bo‘lmaganlari va o‘z firqalariga targ‘ib qiluvchi bo‘lmaganlari uchun ularning shialiklari hadislarini olishga to‘siq bo‘lmagan. Shuning uchun oldingi ulamolar ularni kufrga hukm qilishmagan va so‘yishlarini halolligida shubha qilishmagan. Lekin keyinchalik ulardan e’tiqodda g‘uluvga ketuvchilari ham chiqdi. 1. «Isno ashariyya» firqasiga mansub shialar «Qur’onni o‘zgartirilgan, undan bir necha oyatlar olib tashlangan» deb e’tiqod qilishadi. Tafsirul burhon nomli kitoblarining muqaddimasida shunday deyilgan. 2. Uch to‘rt sahobiydan boshqasini kofir va murtad sanashadi. “Ravzai kofi” nomli kitoblarida Abu Ja’fardan yolg‘on to‘qishib u kishi : “Nabiy solallohu alayhi vasallamdan keyin uch kishidan boshqasi murtad bo‘lishgan” degan rivoyat keltirishadi. 3. Bihorul anvor kitoblarida Hazrati Ali va undan keyingi o‘n ikki imomni gunohlardan ma’sum, itoatlari farz va anbiyo alayhimus salomlardan ham afzal deyishgan. Bunday e’tiqod ularning barcha e’timod qilgan kitoblarida mavjud. Bunday e’tiqod qiluvchilar shubhasiz musulmon emasdir va ularning so‘ygani ham halol emas. Ularga janoza ham o‘qilmaydi va musulmonlar qabristoniga ko‘milmaydi. Ulardan birortasi: “Men bunday e’tiqodda emasman”, desa, ulardan baroat ya’ni ular e’tiqodiga qarshiligini hamda ularni kofir deb bilishini izhor qilishi kerak. Chunki ularda taqiya degan narsa bor. Ya’ni ular o‘z e’tiqodini yashirish maqsadida hiyla ishlatib men unday emasman desa bo‘laveradi deyishadi. Qachonki u unday e’tiqoddagi kishilarni kofir deb bilaman demas ekan taqiya qilayotgan hisoblanadi. Ahli sunna val jamoa ulamolari bunday e’tiqoddagilar haqida kuyidagilarni aytishgan. «Rofiziylarni «O‘liklar dunyoga qaytishadi….. va Jabroil alayhissalom vahiyni Aliyga olib kelishda xato qilib Muhammad solallohu alayhi vasallamga olib kelgan» degan gaplari tufayli kufirga hukm qilish vojibdir. Ular islomdan tashqaridir. Ular murtadning hukmidadir. Shialardan kim yuqorida keltirilgandek e’tiqodda bo‘lsa, ularni kufirga hukm qilinmasdan iloji yo‘q. So‘yganini ham eyilmasligida shak yo‘q. In’omul Boriy. Vallohu a’lam! Muhammad Taqiy Usmoniy.
25 May 2022, 19:53 | Savol-javoblar | 175 | Turli savollar