O‘qituvchimizni gapi to‘g‘rimi

Assalomu alaykum! Men tibbiyot oliygoxida o‘qiyman. Bugun darsda domlamiz mavzuni tushuntirib berish davomida aytdilarki. Sen namoz o‘qib turgan paytingda agar yoningda kasal bo‘sayu unga yordam kerak bo‘lsayu sen namozni buzmasdan namoz o‘qiseng o‘qigan namozing qabul bo‘lmaydi. Sababi sen boyagi odamga qarashing kerak edi namozni buzib bo‘sayam dedilar Va yana shu ustoz aytdilarki sen tibbiyotni o‘rganib bir kecha bemorni davolab unga parvona bo‘lib qarab chiqishing yani davolashing exxe necha yillik ibodatlaring masalan 20-25 yil (shu yil oralig‘idagi miqdorni aytdilar) shuncha payt qigan zakoting namozing zikring umuman barcha ibodatlaringdan ko‘proq savob beradi degan fikrni aytdilar. Shu kishini aytgan ushbu fikrlari to‘g‘rimi?.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Noto‘g‘ri. Har qanday kishining oldida hayotiy masalada muhtojlik sezilsa, masalan suvga birov cho‘kayotgan bo‘lsa, namozini qo‘yib uni qutqaradi. Ikkinchi masalada mutlaqo notug‘ri aytgan. O‘sha odam o‘zini haddini bilsin. Dalilga suyanmay biror gapni dindan deb gapirishdan qo‘rqsin.  عَنْ عُبَيْدِ الله بْنِ أَبِي جَعْفَرَ عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: أَجْرَؤُكُمْ عَلَى الْفُتْيَا أَجْرؤُكُمْ عَلىَ النَّارِ. رَوَاهُ الدَّارِمِيُّ.Ubaydulloh ibn Abu Ja’fardan rivoyat qilinadi:
«Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Fatvoga jur’atli bo‘lganingiz do‘zaxga jur’atli bo‘lganingizdir», dedilar». Dorimiy rivoyat qilgan. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 21:08 | Savol-javoblar | 158 | Ta’lim va muta’allim
|
Boshqa savol-javoblar