Rad etilmas duoning hadisi

Assalomu alaykum! Hurmatli Ustozlar 6304-savoldagi hadisni arab tili matnida, tarjimasi bilan keltirib beraolasizlarmi? Yodlab olardik. 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! U duo quyidagi hadisda keladi. عَنْ مِحْجَنِ بْنِ الْأَدْرَعِ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: دَخَلَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ الْمَسْجِدَ فَإِذَا هُوَ بِرَجُلٍ قَدْ قَضَى صَلَاتَهُ وَهُوَ يَتَشَهَّدُ وَيَقُولُ: اللَّهُمَّ إِنِّي أَسْأَلُكَ يَا اللهُ الْأَحَدُ الصَّمَدُ الَّذِي لَمْ يَلِدْ وَلَمْ يُولَدْ، وَلَمْ يَكُنْ لَهُ كُفُوًا أَحَدٌ، أَنْ تَغْفِرَ لِي ذُنُوبِي إِنَّكَ أَنْتَ الْغَفُورُ الرَّحِيمُ، قَالَ فَقَالَ: قَدْ غُفِرَ لَهُ، قَدْ غُفِرَ لَهُ ثَلَاثًا. رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَالنَّسَائِيُّ  Mihjan ibn al-Adra’ roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam masjidga kirib, birdan namozni tugatib, tashahhud o‘qiyotgan va:
«Allohim! Ey Ahad, Somad, tug‘magan va tug‘ilmagan va Unga hech bir teng bo‘lmagan Zot! Albatta, men Sendan gunohlarimni mag‘firat qilmog‘ingni so‘rayman», deb duo qilayotgan kishini ko‘rdilar va:
«Batahqiq, u mag‘firat qilindi», deb uch marta aytdilar».
Abu Dovud va Nasaiy rivoyat qilganlar. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 19:14 | Savol-javoblar | 153 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar