Aroq ichma deyishimi mumkinmi

Assalomu alaykum! Yaqinda bir do‘stimga bir odam, biz aroq ichadigan odamlarga aroq ichma deyishga xaqqimiz yo‘q, faqat aroqni zararlarini aytishimiz mumkin debdi. Bunga nima deysizlar? Axir xarom narsani qilma deyishga xaqqimiz bo‘lsa kerak? Yoki faqat xarom narsalarni zararini aytib uni qilma deb aytishga xaqqimiz yo‘qmi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz bo‘lar bo‘lmas fosiq fojirlarni gapini “Bunga nima deysizlar” deb bizdan so‘rab nima qilasiz? Folbinga quloq solsangiz folbin ham o‘zini kazzobligini e’tirof qilib folbinga ishonma deydi. Tirikchiligi qolib ketmasligi, axmoq va befarosatlarni aldash uchun esa “folsiz yurma” deydi. Farosatni ham ishga solaylik endi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 19:17 | Savol-javoblar | 155 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar