Zikr qilish va namozni tark qilgan haqidagi hadis
Assalomu alaykum! Bundan ancha oldin bitta kitobchada bir xadis o‘qiganidim, uning taxminan ma’nosi "Shunday bir duo (yoki qanaqadir zikr) borki uni xar o‘qiganda bandani og‘zidan yashil kichik qushcha arshga uchib borib ushbu banda uchun qiyomatgacha Alloh taolodan u uchin istig‘for aytib gunoxini kechirishni so‘raydi" agar shunday saxix xadis mavjud bo‘lsa o‘sha aytiladigan zikrni bilmoqchi edim. 2. Internetda bir ma’ruzada, "Agar inson xar kun qancha katta gunoxlar bo‘lsa ularni xammasi qilsayu va namoz xam o‘qisa, o‘sha odam, umuman yomon ishlarni(gunoxlarni) qilmay lekin Namoz o‘qimaydigan odamdan ko‘ra Allox taolo xuzurida darajasi baland bo‘ladi" dedi. Savolim ushbu gaplar ne chog‘lik to‘g‘ri?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Bunday hadisni bilmas ekanmiz. 2). Namozni tark qilishning o‘zi gunohlarning kattasi. Hatto ba’zilar namozni tark qilishni kufr ham deganlar. Hanafiy mazhabi ulamorlarining ijtihodiga ko‘ra kufr emas. boshqa ulamolar ijtihodiga ko‘ra kufrdir. Ijtihod xatoni ham ehtimol qiladi. Shunga ko‘ra boshqa mazhab ulamolarining ijtihodi to‘g‘ri chiqsa namoz o‘qimaganning holiga voy bo‘ladi. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 19:17 | Savol-javoblar | 149 | Duolar