Murda suyaklaridan foydalanish haqida
Assalomu alaykum! Men tibbiyot instituti talabasiman. Anotomiya darsida suyaklarning har bir joyini ko‘rsatib yodlash vazifasi beriladi. Bir tashlandiq qabristonni obodonlashtirish ishlari olib borilayotganligi sabab, u erdagi murdalarning suyaklarini chetga olib qo‘yishayotgan ekan, aytishlaricha bog‘ bo‘lar emish. O‘sha erda yotgan qarovsiz suyaklarni o‘zim uchun o‘rganishga olsam bo‘ladimi? Institutimizda suyak kam ekanligi uchun o‘z ustimizda ishlashning iloji yo‘q. Javobingiz uchun oldindan rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz so‘rayotgan narsalarning elimdan yoki shu kabi narsalardan yasalganlari bor. O‘shalardan foydalaning. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 01:29 | Savol-javoblar | 159 | Ta’lim va muta’allim