Qur’oni Karim O‘zidan avvalgi kitoblarni o‘qishni inkor qiladimi?

Assalomu alaykum! Qur’on Karimda Qur’on avvalgi iloxiy kitoblarni o‘qish va unga amal qilish man qilinganmi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Hozirgi kunda odamlar o‘zlarini dinida mustahkam e’tiqodga ega bo‘lmasdan turib, boshqa din kitoblarini o‘qisalar qalbiga shubha tushib qolmoqda. Chunki insonni rostdan ham yolg‘ondan ham ta’sirlanishi bor gap. Agar ularni o‘rganib ularga raddiya beradigan darajada bo‘lsa uning hukmi boshqa. عن جابر رضي الله عنه عن النبي صلى الله عليه وسلم حين أتاه عمر فقال : إنا نسمع أحاديث من يهود تعجبنا ، أفترى أن نكتب بعضها ؟ فقال : أمتهوكون أنتم كما تهوكت اليهود والنصارى ؟ ! لقد جئتكم بها بيضاء نقية ، ولو كان موسى حيا ما وسعه إلا اتباعي » . رواه أحمد ، والبيهقي Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga Umar kelib “Biz yahudiylardan hadis(hikoya va ma’ruza)lar eshitamiz” dedi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam : “Sizlar(o‘z diningiz haqida) yahudiy va nasorolar kabi shak shubhadamisiz? Men sizlarga ochiq-oydin, sof, xolis(din)ni keltirdim. Agar Muso tirik bo‘lganida menga ergashishdan boshqa narsa qilishi joiz bo‘lmas edi” dedilar». Imom Ahmad va Bayhaqiylar rivoyati. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 19:18 | Savol-javoblar | 141 | Qur’oni karim
|
Boshqa savol-javoblar