Raxbarlardan berkinib taxorat qilish

Assalomu alaykum! Xorijiy kompaniyada ishlayman. Biz ishlayotgan binoda juda ko‘p tashkilot bor. Lekin namoz o‘qiydigan inson deyarli yo‘q (balkim o‘qishar lekin taxorat qilgan odamni xech ko‘rmadim). Xullas umumiy xojatxonada taxorat olish juda noqulay bo‘lyabdi. Chet ellik g‘ayridinlar (raxbarlarimiz) xam bitta xojatxonadan foydalanishadi. Taxorat paytida kirib qolishsa, qo‘rqanimdan emas, noto‘g‘ri tushunishmasin deb juda shoshilb taxorat olaman. Ayniksa kishda kiyim ko‘pligidan juda noqulay. Namozni xam ish paytida yashirib bir xonaga kirib o‘qivolaman. Shunaqa xolatlarda qandaydur engilliklar bormi? Shoshilib olingan taxorat buzulib qolmaydimi? Keyin oyoqni unitazda yuvishdan boshqa chora yo‘q. Bunga qanaqa xukm bor?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu sizni imtihoningiz ekan, mahkam bo‘ling. Ajri ham o‘shanga yarasha ulug‘ bo‘ladi. Oyoq yuvishga sharoit yo‘q bo‘lsa mash tortadigan javroblar chiqqan. O‘shandan kiyib oling. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 05:37 | Savol-javoblar | 180 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar