Sarflangan nisob
Assalomu alaykum! O‘tgan Ramazon oyida Alloh menga xam zakot to‘lovchi bandalar katoriga qo‘shilishni nasib qilgan. Bu yilga kelib xam zakot to‘lash niyatim bor edi. Ramazondan ikki oy oldin savdo majmuasidan er sotib olib savdo do‘kon qurilishini boshlab yubordim. Qurilishga nisobga etgan molimni hammasini sarfladim. Savdo do‘koni hozirda qurilishi tugallanmagan xolda, ya’ni undan xali foydalanish imkoni yo‘q. Keyinchalik yana pul yig‘ib bitirishni niyat qildim, bitgandan keyin uni ijaraga berib foyda olishni ko‘zlamoqdaman. Savol: Qurilishi tugallanmagan do‘konda o‘zini mujassam qilgan pulimga bu yil zakot to‘laymanmi? Agar to‘lamasam, qurilib bitiriladigan binoga qachon va qay tarzda hisoblab to‘layman? Javoblaringiz uchun oldindan rahmat. Doimo haqlaringa duodamiz!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Yo‘q. Binoga ham zakot chiqarmaysiz. Bino qachon ishga tushib, ijaraga berib, pul nisobga etsa keyin berasiz. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 07:37 | Savol-javoblar | 190 | Moliya va tijorat