Namoz o‘qiyotganimda bolamni ko‘tarib olsam

Assalomu alaykum! Men namoz o‘qiyotganimda go‘dak farzandim emaklab keladi, sajda qiladigan joyimga yotib olib menga qaraydi, oyog‘imga osiladi. Menga bu juda yoqadi va namoz o‘qiyotganimni ko‘rib yonimda yurishidan faqatgina foyda bor deb o‘ylayman. Savollar orasida Payg‘ambarimiz S.A.V nabiralarini qo‘llariga olib namoz o‘qiganlarini o‘qib qollim va shundan keyin men xam farzandim kelib qolsa ko‘tarib oladigan bo‘ldim. Bu ishim joizmi, bu xolatda namozimga zarar etmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bolani usti boshi toza ya’ni shar’an pok bo‘lsa bo‘ldi. Ko‘tarib o‘qishingiz mumkin. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 19:25 | Savol-javoblar | 144 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar