Elektron kitoblarni tarqatish to‘g‘rimi

Assalomu alaykum! Bir kishi Hilol eBookda login, parolini berib bemalol foydalanveringlar deb telegramda tarqatibdi. Albatta xolis niyat, savob umidida. Bu xuddi kitobini kimgadir berib turishdek gap. Farqi kitobdan 1kishi foydalanadi, Hilol eBook ga esa login parolini yozib bir vaqtni o‘zida 100ta odam o‘qishi mumkin. Buning hukmi qanday bo‘ladi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Agar shunday qilish kerak bo‘lganida egalari o‘zlari shunday qilishar edi. Hamma o‘zini tahoratiga namoz o‘qisin. Qo‘lidan kelsa kitob yozib o‘zi tekinga tarqataversin. Ushbu akauntdan uni egasi va oila a’zolari birga foydalanishiga nashriyot rozilik bergan. Boshqalar esa o‘zlariga alohida akaunt ochishlari kerak bo‘ladi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 19:25 | Savol-javoblar | 151 | Mediya
|
Boshqa savol-javoblar