Uyqudan turganda g‘usl

Assalomu alaykum ! G‘usl xaqidagi savol javoblarda inson uyg‘ongan paytida namlik ko‘rsa nima bo‘lishidan tashqari g‘usl qilish kerak deb yozilgan, lekin uyg‘ongan odamda guruch donasidek dog‘ bo‘lsa yoki zakarini uchi sal yaltirab turgan bo‘lsa xam g‘usl qilish kerakmi? Axir uyquda maniy kelsa bunchalik darajada oz miqdorda kelmaydiku? Shayx xazratlarining kitoblarida “agar mast kishi yoki xushidan ketgan odam o‘ziga kelib namlikni ko‘rib maniy deb gumon qilsa g‘usl qiladi” deb yozilgan. Lekin o‘sha odam maniy deb emas maziy deb gumon qilsachi g‘usl qilmaydimi? Bundan kelib chiqadiki uyqudan uyg‘ongan odamxam namlikni ko‘rib agar u namlik juda kam miqdorda ya’ni guruchdek bo‘lsa u odam xam maniy deb emas maziy deb o‘ylab g‘usl qilmasa bo‘lar ekanda to‘g‘rimi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Uyqudan turgan odam maniyni ham maziyni ham ko‘rsa g‘usl vojib bo‘ladi. Har kuni keladigan bo‘lsa, ikkisi ham bo‘lmay boshqa kasallik ham bo‘lishi mumkin. Shifokorlardan tekshirtirib bilib olish kerak. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 19:28 | Savol-javoblar | 153 | Tahorat
|
Boshqa savol-javoblar