Erim ruxsat bermaydi
Assalomu alaykum! Men turmushga chiqib boshqa tumanda turaman. Uyda qolgan ota-onam qarib qolgan va yolg‘izlar. Turmush o‘rtog‘imga ularni ko‘rib kelgani borib kelay, biror yumushi bo‘lsa, qilishib qaytaman desam, hech ruxsat bermaydi. Ruxsat bergan taqdirda ham katta farzandimni olib qoladi. Dinimizda er ruxsat bermagan joyga bormaslik kerak deyishgan, jo‘natmaguncha bormayman-u, lekin ha deganda rozi bo‘lavermaydi. Vaziyatni tushunmaydi hech. Ko‘pincha shu masalada tortishib qolamiz. Shunaqa vaziyatda qanday yo‘l tutgan ma’qul? Bu kabi holatlarda erkaklarimizga dinimiz nima deydi? Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bir haftada bir ularni ziyoratiga borib turishga haqqingiz bor. Taloqdan ehtiyot bo‘ling. Ustozimiz rahimahullohning “Baxtiyor oila” kitobini olib eringizga o‘qiting. Kitobni mahalladagi odamlardan ham kitobni topishingiz mumkin. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 19:33 | Savol-javoblar | 152 | Oila va turmush