Mahsi kiyish tartibi

Assalomu alaykum! Kunlar sovishi bilan birinchi marotaba mahsi kiyishga o‘tganim uchun tushuncha bersanglar. 1. Mahsini qachon kiyish kerak taxoratni olib bo‘lib o‘sha joyni o‘zidami, yoki tashqarida olib uyga kirib issiq joyda kiyib olsa bo‘ladimi? 2). Uyga kirib paypoqni kiyib nomozni o‘qib bo‘lgandan so‘ng kiyib olsa bo‘ladimi? 3). Taxoratli xolatda mahsini ichida paypoqni to‘g‘rilash kerak bo‘lganda bir joyda yurmasdan mahsini echib tezda qayta kiyib olsa taxorat buzilmaydimi? Oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Tahorat olib o‘sha tahorat buzilguncha kiyib olsa bo‘ldi. Qaerda kiyiishning farqi yo‘q. 2). Ha. 3). Mahsi kiygandan keyin bir bor bo‘lsa ham tahorat ketsa oyoqni yuvishning oyoqda kiyilib turgani uchun ishi mash tortishga o‘tadi. O‘shandan keyin mahsi echilsa oyoqning tahorati ketadi. Garchi bittasiini echsa ham. Kiyganidan buyon tahorati ketmagan bo‘lsa echib, paypog‘ini to‘g‘rilashni zarari yo‘q. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 19:35 | Savol-javoblar | 286 | Tahorat
|
Boshqa savol-javoblar