Taloq olish kerakmi?
Assalomu alaykum! Dugonam bir qori yigitga turmushga chiqishi kerak edi, ammo taqdiri boshqa ekan. To‘y bo‘lmadi. U yigit bilan uchrashuvga chiqishganda, u yigit domla edi, qizga masjidda qanday nikoh o‘qigani haqida aytib bergan va bu orada qizdan otasini ismini qo‘shib keyin o‘zini otasining ismi bilan aytib nikohga rozimisiz degan va yo‘q deb yuborma keyin nikoh o‘qib bo‘maydi degan. Qiz "Ha" ham "yo‘q" ham demagan. Bola ichida tashqariga eshitilmaydigan holatda bir nimalar o‘qigan so‘ng qizga “nikoh o‘qib qo‘ydim, agar boshqasiga turmushga chiqsang mendan taloq olasan” deb hazil aralashgan gapirgan. Guvohlar bo‘lmagan. Qiz hazilga olib kulib, qo‘ygan lekin roziman demagan. Bola sukut alomati rizo degan. Lekin taqdir bo‘lmadi, qiz hozir boshqasiga turmushga chiqish arafasida, yigit aytgandek undan taloq olishi kerakmi? Nikoh tushib qolganmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Guvohlarsiz bo‘lgan bo‘lsa u nikoh bog‘lanmagan. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 19:47 | Savol-javoblar | 149 | Oila va turmush
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Guvohlarsiz bo‘lgan bo‘lsa u nikoh bog‘lanmagan. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 19:47 | Savol-javoblar | 149 | Oila va turmush